Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Ta’lim sifati nazorati” bo‘limi tashabbusi bilan 2026-yil aprel oyidan boshlab ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim loyiha start oldi.

“Zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lib, zamonaviy dars o‘tamiz” shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan “Oyning eng namunali ochiq darsi” loyihasi doirasida markaz professor-o‘qituvchilari, xususan, kafedra mudirlari tomonidan har oyda 6 ta ochiq dars tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbusning ilk qadami aynan aprel oyida qo‘yilib, kafedra mudirlari tomonidan yuqori saviyada, innovatsion yondashuvlar asosida ochiq darslar o‘tkazilishi bilan boshlandi. Ushbu darslar nafaqat ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, balki tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Loyiha doirasidagi har bir ochiq dars — bu tajriba, innovatsiya va ilhom uyg‘unligi bo‘lib, zamonaviy ta’limning amaliy namunasiga aylanmoqda.