“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Baxmal tumanidagi 71-son umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun navbatdagi mazmunli va qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Xotirani charxlovchi mashqlar, intellektual bellashuvlar hamda interaktiv o‘yinlar o‘quvchilarning kunini bilim va kashfiyotlarga boy taassurotlarga aylantirdi. Tabiiy fanlar va ingliz tili yo‘nalishlarida olib borilgan mashg‘ulotlar davomida bolalar nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtirdilar, balki mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar.

Eng muhimi, har bir mashg‘ulotda o‘quvchilarning izlanuvchanligi, qiziquvchanligi va bilimga bo‘lgan ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ldi. Ana shunday quvonch va intilishlar yozgi ta’tilning har bir kunini mazmunli va unutilmas lahzalarga aylantirmoqda.