“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan Baxmal tumanidagi 71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga metodik tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida pedagoglar uchun zamonaviy va interaktiv metodlar asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar faolligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, pedagoglarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr va tajriba almashildi.
Asosiy maqsad — pedagogga amaliy ko‘mak, darsga yangi yondashuv va ta’lim sifatiga yanada yuqori natija.