Jizzax viloyati pedagogik mahorat markaziga biriktirilgan Baxmal tumani 71-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Dolzarb 90 kun» tadbirlari qizg’in tus oldi.
Maktab kutubxonasi bolalar uchun yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Xorijiy tillar, kompyuter savdxonligi, musiqa va sport to’garaklari ish boshladi.
Ammo bizni eng ko’p quvontirgani — bolajonlarning ko’zlaridagi uchqun bo’ldi. O’sha samimiy quvonch, beg’ubor xursandchilik, chinakam shodlik… Bolalarning tabassumi va intiluvchan nigohlari bizni yanada ruhlantirdi, yanada g’ayratga to’ldirdi.
Ana o’sha bir juft quvnoq ko’z — butun mehnatimizga arzigulik mukofot. Bolalar endi ta’til kunlarini mazmunli o’tkazadi — sevimli mashg’ulotini topadi, bilimini chuqurlashtiradi, o’zini kashf etadi.
Bu hali boshlanishi, xolos! Bolalar ko’zidagi quvonch so’nmasligi uchun biz to’xtamaymiz.
Bu — bizning bolalarga bergan va’damiz.