Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi “Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim metodikalari” kafedrasi tinglovchilari — umumta’lim maktablari kutubxona rahbarlari va xodimlari “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirok etdilar.

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, adabiyotga bo‘lgan muhabbatlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Kutubxona sohasi vakillarining bunday tanlovlarda ishtiroki ularning kasbiy faoliyatida yangi yondashuv va tajribalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat kalitidir!