Yaşil kelajak sari muhim qadam: Jizzaxda «Öz boğingni östir» eko-tanlovi öz yakuniga yetdi!
Jizzax şahridagi 3-umumiy örta ta’lim maktabida «Öz boğingni östir» respublika eko-tanlovining tantanali tadbiri bölib ötdi.
Uşbu ezgu taşabbus «Nestlé» kompaniyasi tomonidan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda yurtimiz maktablarida hayotga tatbiq etilayotgan keng kölamli «Salomatlik yönalişlari» ta’limiy loyihasining yorqin bir parçasidir.
Mamlakatimizda ilk bor taşkil etilgan mazkur tanlov qalbiga tabiatga muhabbat va mas’uliyat tuygan minglab öquvçilarni birlaştirdi. Bolalar öz ustozlari kömagida atrof-muhitni asrab-avaylaş mavzusida rang-barang plakatlar çizib, loyiha saytiga jönatişdi va hakamlar hay’atining yuksak bahosiga sazovor böldilar. Quvonarlisi, bilim va ijodkorlik bahsida faxrli örinlarni egallaganlar qatorida Jizzax şahridagi 3-maktabning ijodkor öquvçilari ham bor.
Tadbirning eng hayajonli va fayzli lahzalari amaliy qismga ulandi. Öquvçilar, jonkuyar öqituvçilar, mehmonlar va ota-onalar bir yoqadan boş çiqarib, maktab hududiga yaşil niholarni qadadilar. Har bir qöl bilan ekilgan daraxt ertangi toza havo, soğlom muhit va bolalardagi ekologik madaniyatning gözal timsoliga aylandi.