Yanvar oyi malaka oshirish kurslariga START berildi!
Yangi yil bilan birga Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida bilim, tajriba va professional rivojlanishga yo‘naltirilgan navbatdagi bosqich boshlandi.
Kurslar doirasida:
zamonaviy ta’lim metodlari va innovatsion yondashuvlar,
dars jarayonini samarali tashkil etish,
amaliy mashg‘ulotlar, tahlil va tajriba almashish,
pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Har bir mashg‘ulot — yangi bilim,
har bir kun — professional o‘sish sari qadam,
har bir tinglovchi — kelajak ta’limi bunyodkori!
Malaka oshirish — bu majburiyat emas, balki imkoniyat!
Imkoniyatlardan unumli foydalanib, yuqori natijalarga erishish va yangi marralarni zabt etish vaqti keldi.