“Siyosat: ijtimoiy-siyosiy ilmiy jurnal”ning 2026 yilgi 1-sonida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, falsafa fanlari doktori Ijod Axmedovning “Yangi tizimdan — yangi yondashuvlarga” nomli ilmiy maqolasi chop etildi.

Maqolada markazda amalga oshirilayotgan yangicha yondashuvlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan innovatsion usullar keng yoritilgan. Shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgan ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ayniqsa, markaz faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy tashkilotlar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish borasidagi ishlar tahliliy asosda bayon etilgan.

Yangi tizim — yangi fikrlar, yangi yondashuvlar va keng imkoniyatlar demakdir.