Ba’zi sanalar shunchaki tavallud kuni emas. Ular xalq taqdiri, millat kelajagi va bunyodkorlik yo‘lini eslatadigan qutlug‘ ayyomdir.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Muhtaram Prezidentimizni samimiy muborakbod etadi.

So‘nggi yillarda ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ustoz sha’ni va qadr-qimmati yuksaldi, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratildi, malaka oshirish tizimi zamon talablari asosida yangilandi. Bu o‘zgarishlar har bir pedagog qalbida Vatanga xizmat qilish mas’uliyati va kelajak avlod taqdiri uchun daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Biz, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi, Yangi O‘zbekistonning bilimli, vatanparvar va raqobatbardosh avlodini tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni sidqidildan qo‘llab-quvvatlaymiz hamda ularni amalga oshirishda bor bilim va salohiyatimiz bilan xizmat qilishni o‘zimiz uchun sharaf deb bilamiz.

Muhtaram Prezidentimiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli davlat boshqaruvi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu maqsadlaringiz doimo ro‘yobga chiqsin!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Muhtaram Prezidentimiz!

Hurmat bilan,
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi.