Yangi bino — yangi nafas: Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi «Yaşil makon» umummilliy loyihasida faol iştirok etmoqda.

​Bugun erta tongdan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati hamda jamoasi ezgu taşabbus bilan iş boşladi.

Mamlakatimiz böylab keng quloç yozgan «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida markazning yangi qurilayotgan zamonaviy binosi hududida köçat ekiş aksiyasi taşkil etildi.

​Yangi bilim va mahorat maskani atrofini obodonlaştiriş, kelajak avlodga sölim va ekologik toza muhit qoldiriş maqsadida hudud iqlimiga mos manzarali hamda mevali daraxt köçatlari yerga qadaldi.

​Tabiatga mehr — kelajakka e’tibor! Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi barçani uşbu xayrli taşabbusga faol qöşilişga çorlaydi.