Joriy yilning 9–16 avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38 Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko‘p mamkalatlarni ro‘yxatdan o‘tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi.

97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

2025 yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor!

9-16 avgust
CAEx ko‘rgazmalar markazi
Veb-sayt: ioi2026.uz