Markazimizning Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Bo‘ronov Ikromning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyaga e’lon qilindi.
Dissertatsiya mavzusi:
“Alisher Navoiy hayoti va ijodida rahbar shaxs timsoli”
Ixtisoslik: 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ravshanov Fazliddin Ravshanovich
Mazkur ilmiy tadqiqot milliy adabiyotimizda rahbar shaxs fenomenini chuqur tahlil etishi bilan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Bo‘ronov Ikromga dissertatsiya himoyasi jarayonida katta muvaffaqiyat, mustahkam iroda va munosib zafarlar tilaymiz!