
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan sentyabr oyi malaka oshirish kurslarining “Tarix” va “Tarbiya” yo‘nalishi tinglovchilari uchun mazmunli ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida tinglovchilar muzeyning noyob eksponatlari, tarixiy hujjatlari bilan tanishib, millat erki, xalq ozodligi va Vatan istiqloli yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning murakkab, ammo sharafli hayot yo‘li haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzey direktori Baxtigul Ergashovaning mazmunli hikoyalari orqali qatag‘on davrining achchiq haqiqatlari, jizzaxlik fidoyi ziyolilarning taqdiri va tarixiy hujjatlarda aks etgan voqealar tinglovchilarga yetkazildi.
Har bir eksponat — o‘tmishdan kelajakka bitilgan saboq, har bir hujjat esa tarixning sukutdagi guvohi bo‘ldi. Shu bois mazkur tashrif oddiy ekskursiya emas, balki jonli tarix darsi, milliy xotira va ma’naviy tafakkur maktabiga aylandi.
Tarixni anglash — o‘tmishni eslashgina emas, kelajak oldidagi mas’uliyatni his etishdir.