Xorijdagi o‘quv jarayonlari davomida delegatsiya a’zolari zamonaviy ta’lim tizimi, innovatsion metodikalar va raqamli yondashuvlarni amalda ko‘rib, yetakchi mutaxassislar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tajriba almashuv jarayonlari yuqori samaradorlik bilan o‘tdi.

Ta’lim jarayonlari yakunida UNIMAS universiteti rahbariyati tomonidan delegatsiyamiz a’zolariga rasmiy sertifikatlar topshirildi. Ushbu sertifikatlar — o‘rganilgan bilimlar, amaliy yondashuvlar va xalqaro tajribalar muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganining e’tirofi sifatida katta ahamiyatga ega.Delegatsiyamiz yaqin kunlarda Vatanga qaytib, xorijda o‘rgangan ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, yangi metodik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Bu safar — ta’limimizda yangi bosqichga dadil qadam qo‘yishning muhim boshlanishidir.