Jizzax viloyati pedagoglaridan iborat delegatsiysining Xitoydagi bir haftalik o’quv dasturi nihoyasiga yetdi. Shanxay Energetika Instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg’ulotlar yuksak saviyada o’tdi.

Yakuniy marosimda viloyat MMTB boshlig’i v.b. Sh.Damanova safar taassurotlari bilan o’rtoqlashib, xitoylik hamkorlarning mehmondo’stligini hamda O’zbekiston–Xitoy hamkorligining ahamiyatini alohida ta’kidladi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Ishtirokchilar esa institut o’qituvchilariga minnatdorchilik ramzi sifatida sovg’alar ulashdi.

Dasturning yakuni chinakam do’stlik va madaniyat bayramiga aylandi — o’zbek ishtirokchilari ijro etgan milliy raqs xitoylik hamkorlarning olqishiga sazovor bo’ldi.

Bu safar O’zbekiston va Xitoy xalqlari o’rtasidagi o’zaro hurmat va do’stlik rishtalarini yanada mustahkamladi.