Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan “Xalqaro va milliy tajriba asosida ta’limni modernizatsiyalash: raqamli pedagogika, innovatsion texnologiyalar va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.
Mazkur anjuman ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, raqamli pedagogika imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish hamda zamonaviy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlandi. Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va ta’lim sifatini oshirishga doir dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashmoqdalar.