Xalqaro hamkorlik

Jizzax delegatsiyasi Malayziyada — xalqaro tajriba amaliyotida!

Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi delegatsiya a’zolari Malayziyada o‘quv jarayonlariga kirishib, xalqaro treninglarda faol ishtirok etmoqdalar Delegatsiya vakillari Malayziya universitetlari va pedagogik markazlarida o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlari, seminar va mahorat darslarida qatnashib, ilg‘or ta’lim yondashuvlarini o‘rganishmoqda.

Mazkur safar xalqaro tajriba almashish, malaka oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

___________________________________________________________________________________________________________________________________

Jizzaxdan — Malayziya sari!

Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Forish va Zomin tumanlaridan 21 nafar o‘qituvchilar va Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazidan 2 nafar ustozlardan iborat delegatsiyamiz Malayziyadagi UNIMAS — universitetida amaliy malaka oshirish dasturiga yo‘l oldilar.

Ustozlarimiz UNIMASning innovatsion o‘quv markazlarida zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, raqamli pedagogika va xalqaro baholash standartlari bo‘yicha amaliy treninglarda ishtirok etadilar.

 

director
Direktorga murojaat qilish
Murojaat qilish
Markazning Telegram‘dagi rasmiy kanalini kuzatib boring