O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida ishlar izchil davom etmoqda. (https://t.me/Jizzakhedu/29397) 2025-yil 11–14-noyabr kunlari Jizzax viloyati ta’lim sohasi rahbarlari, maktab direktorlari va informatika o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya malaka oshirish uchun Rossiyaning Qozon shahriga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida ular ta’limdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muloqotlar olib boradilar.