Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan mart oyida malaka oshirayotgan “Tarbiya” hamda “Iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari” kursi tinglovchilari uchun Jizzax shahridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur tashrif Vazirlar Mahkamasining 2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori asosida amalga oshirildi.

✔️ Ekskursiya davomida muzey direktori Baxtigul Ergashova tinglovchilarga muzeyning tashkil etilish tarixi, Jizzaxlik qatagʻon qurbonlari hayoti, muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar hamda qatagʻon davrining ogʻir sinovlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ayniqsa, o‘z Vatanining erkinligi va kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarning jasorati tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

💡 Mazkur ekskursiya tinglovchilarning tarixiy xotira, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamladi. Endilikda ular o‘z darslarida qatagʻon qurbonlarining mardonavor hayoti va ibratli faoliyatini yosh avlodga yetkazishda muhim bilim va tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Tarixni bilgan avlod – kelajakni ishonch bilan quradi!