Izlanishlarga boy, tajriba va yangiliklarga to‘la malaka oshirish kurslari endi eng muhim pallaga yetib keldi!
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil may oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat sinovlari hamda malaka ishlari himoyasi jarayonlariga start berilmoqda.
Bu jarayon — bilim, mahorat va kasbiy salohiyat namoyishi. Har bir himoya ortida mehnat, izlanish va katta tajriba mujassam.
Endi sahna — pedagoglarda, natija esa ularning bilim va fidoyiligida! Barcha tinglovchilarga ulkan omad, yuqori natija va munosib muvaffaqiyat tilaymiz!