“Yil o‘qituvchisi – 2026” kasbiy ko‘rik-tanlovi hududlarda yuqori saviyada davom etmoqda.

Quvonarlisi, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi vakillari Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan “Yil o‘qituvchisi – 2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining III bosqichi jarayonlarida komissiya a’zolari sifatida faol ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz o‘z bilim va tajribasi, xolisligi hamda yuksak mas’uliyati bilan ishtirokchilarning kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratini munosib baholashga hissa qo‘shmoqda.

Bu — markazimiz mutaxassislariga bildirilgan yuksak ishonch, hududlararo tajriba almashinuvi va samarali hamkorlikning amaliy ifodasidir.

Mas’uliyatli jarayonda faoliyat olib borayotgan vakillarimizga muvaffaqiyat tilaymiz!