Ta’lim sifati, avvalo, ustozning bilimiga, izlanishiga va zamon bilan hamnafas bo‘lishiga bog‘liq. Shu bois pedagoglarning kasbiy rivoji bugun ta’lim tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
2025-yildan boshlab joriy etilgan yangi tizim asosida yuz minglab o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirmoqda, metodik tajribasini boyitmoqda, ilg‘or yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda. Ustozlarning xorijiy ta’lim muassasalarida malaka oshirayotgani esa bu jarayonning xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashayotganini ko‘rsatadi.
Bugun o‘z ustida ishlayotgan pedagog — ertangi kuchli ta’limning poydevoridir.