Bu nur ko’zga ko’rinmaydi. U qalbdan qalbga o’tadi. Ustoz har kuni o’zidan nimanidir beradi: vaqtini, sabrini, mehrini, bilimini, umrining bir bo’lagini.

Evaziga hech narsa so’ramaydi. Chunki uning eng katta mukofoti — shogirdining kamoli.

Yillar o’tadi… Darslar tugaydi… Avlodlar almashadi…

Ammo ustoz bergan ilm, uyg’otgan ishonch va singdirgan tarbiya umr bo’yi inson bilan qoladi.

Shuning uchun ham ustozning nuri ko’z bilan emas, insonning fe’lida, tafakkurida, ezgu amallarida namoyon bo’ladi.

Ustozning umri o’tadi… Ammo uning nuri avlodlar taqdirini yoritishda davom etadi.