Toşkentda Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi öz işini boşladi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, ta’lim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliygoh rahbarlari hamda mingdan ziyod ekspert iştirok etmoqda.Forumning oçiliş marosimida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga murojaatini öqib eşittirildi.
Davlatimiz rahbari qutlovida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va şeriklik mustahkamlanayotgani ta’kidlandi. Qariyb 85 million aholiga ega mintaqamizning eng katta boyligi esa bilimga intilayotgan yoş avloddir.
“Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir”,
– deyiladi murojaatda.Prezidentimiz Özbekistonda ta’lim islohotlari davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanganini qayd etgan. Yaqinda maktabgaça va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boşqaruvi yagona tizimga birlaştirildi. Bundan maqsad – bolaning dastlabki bilim olişidan yetuk mutaxassis va olim bölib şakllanişigaça bölgan bosqiçlar uzviyligini ta’minlaş.Murojaatda ta’lim yoşlarni mustaqil fikrlaş, ijod qiliş va umri davomida örganişga tayyorlaşi zarurligi ta’kidlangan. Öqituvçi va murabbiylarning rolini oşiriş, maktab, texnikum, universitet hamda işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, ayniqsa, qizlar, çekka hududlardagi bolalar va alohida ta’limga ehtiyoji bölgan yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş muhim vazifalar sifatida körsatildi.Prezidentimiz sun’iy intellekt va zamonaviy muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş, universitetlar örtasidagi qöşma dasturlar va tadqiqotlarni köpaytiriş, talaba hamda olimlar almaşinuvini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoni ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantirişdek strategik maqsad yölida forumda amaliy takliflar ilgari surilişiga işonç bildirdi.

