Toshkent shahrida “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasidagi muhim uchrashuv va seminarlar davom etmoqda.
Forumda ishtirok etayotgan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, boy tarixiy-ma’naviy meros, ilm-fan va ma’rifat uyg‘unligini aks ettiruvchi noyob ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tashrif delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirib, milliy qadriyatlar va zamonaviy ta’lim uyg‘unligi borasidagi fikr almashinuvlariga yangi ruh bag‘ishladi.