Bugun tongda Jizzax viloyat pedagogik mahorat markaziga qadam qo‘ygan har bir tinglovchi shunchaki oddiy kunni emas, yurakka iliqlik bag‘ishlovchi o‘zgacha fayzni — ona tilimizga bo‘lgan cheksiz ehtirom va muhabbatni his qildi.
1989-yil 21-oktabr — o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana arafasida markazimiz ostonasidayoq iliq va mazmunli kutib olish jarayonlari boshlandi. Tilimizning inson kamotidagi beqiyos o‘rni, uning jozibasi va qudrati haqidagi qiziqarli savollar tinglovchilarning ertalabiy kayfiyatiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Har bir jo‘r bo‘lib berilgan javoblar va fikrlar chinakam milliy g‘urur va tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatning yaqqol ifodasiga aylandi.
Ertalabiy shukuh, iliq tabassumlar va jo‘shqin energiya butun kunlik jarayonga asosiy o‘zak bo‘ldi. Ona tilimizning qadri yuksak, nufuzi hamisha baland bo‘lsin!