Timbilding – jamoani jipslashtirishga qaratilgan qiziqarli, foydali va faol korporativ dam olish turlaridan biri hisoblanadi.
Timbildingning maqsad va vazifalari o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ularni umumlashtirib, asosiy jihatlarini quyidagicha ajratish mumkin:
Birdamlikda motivatsiya yaratish – raqobatni samarali hamkorlikka aylantirish.
Bir-birining kuchli va zaif tomonlarini, global jarayondagi o‘z o‘rnini anglash. Og‘zaki bo‘lmagan muloqotni tushunish.
Ishonchli munosabatlar o‘rnatish.
Ish kuni yakunida ruhiy yengillik his qilish.