Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda boshlang‘ich ta’lim kurslari tinglovchilari uchun Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar xalqimiz tarixining eng murakkab va fojeali davrlarini yorituvchi eksponatlar, tarixiy hujjatlar hamda qatag‘on qurbonlarining hayot yo‘li bilan yaqindan tanishdilar. Millat ravnaqi, ma’rifat va ozodlik yo‘lida kurashgan jadid bobolarimizning fidokorona faoliyati haqida berilgan ma’lumotlar tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
Bu tashrif nafaqat tarixiy bilimlarni boyitdi, balki Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Zero, o‘z tarixini chuqur anglagan, o‘tmish saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan xalqgina kelajagini ishonch bilan bunyod eta oladi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash — bu tarixga hurmat, kelajak oldidagi mas’uliyat va milliy o‘zlikni anglashning muhim ifodasidir.