Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan tarix va tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “O‘tmish saboqlaridan kelajak saboqlariga: qatag‘on qurbonlari xotirasi — yosh avlod tarbiyasining ma’naviy tayanchi” mavzusida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Davra suhbatida ajdodlarimizning erk va istiqlol yo‘lidagi fidokorligi, qatag‘on qurbonlarining achchiq taqdiri hamda ularning xotirasini kelajak avlodga yetkazish mas’uliyati haqida fikr almashildi.

Suhbat davomida yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va ajdodlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishning samarali pedagogik yondashuvlari ham muhokama qilindi.

O‘tmishni anglash — bugunni qadrlash, kelajakni to‘g‘ri qurish demakdir!