Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Tarbiya darslarida qatag‘on qurbonlari hayotidan hikoyalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Tarbiya fani o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda “Ijtimoiy-iqtisodiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, tarbiya darslarida qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini yoritish orqali tarixiy xotirani tiklash, tarbiyaviy ta’sirchanlikni kuchaytirish hamda yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini shakllantirishning metodologik jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan dars ishlanmalari, interfaol metodlar (munozara, keys-stadi, tarixiy manbalarni tahlil qilish, loyiha ishlari) hamda tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini takomillashtirish yuzasidan muhim metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yakunda davra suhbatida bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, ularni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.