Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi surdotarjimoni Abdullayeva Nargiza Oʻktamovna hamda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamkorligida Boshlang‘ich S guruhida 1.4-modul doirasida “Ta’limda inklyuziya va ehtiyojlarga asoslangan differensial ta’limning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida inklyuziv ta’lim tamoyillari, individual yondashuv va differensial metodlarning samarali qo‘llanilishi yuzasidan muhim tavsiyalar berilib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida kimyo yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Kimyodan masalalar yechishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Jizzax filiali kimyo fani o‘qituvchisi Kamolova Madina O‘tkir qizi olib bordi. Dars jarayonida tinglovchilarga kimyoviy masalalarni yechishning innovatsion usullari, interaktiv metodlar va samarali tahlil yondashuvlari amaliy misollar asosida tushuntirildi. Ushbu mahorat darsi tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.