Jizzax viloyat pedagogik mahorat markazi Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi aʼzolari Sharof Rashidov tumanidagi 23-, 31- va 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xizmat safarida bo‘ldilar.
Tashrifning asosiy e’tibori — malaka oshirish kurslaridan keyingi natijadorlikni bevosita ta’lim jarayonida ko‘rish va baholashga qaratildi.
Dars jarayonlari kuzatilib, zamonaviy pedagogik yondashuvlarning amaliyotga tatbiqi, o‘quvchilarning faolligi va o‘qituvchilarning metodik mahorati chuqur tahlil qilindi. Har bir dars — tajriba, har bir jarayon — o‘sish nuqtasi sifatida yondashildi.
Jarayonda o‘qituvchilarning yangicha fikrlashi, interaktiv metodlardan foydalanishi va darsni samarali tashkil etishga bo‘lgan intilishi alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan aniq va manzilli metodik tavsiyalar berildi.