
Bugungi ta’lim jarayonida yangi avlod darsliklaridan samarali foydalanish, zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish va o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yuksaltirish — har bir pedagog oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Ana shu maqsadda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tabiiy fanlar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun navbatdagi ilmiy-metodik vebinar tashkil etildi.
Vebinar davomida yangi avlod darsliklarining mazmun-mohiyati, ular bilan samarali ishlash usullari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.