Jizzax shahar 17-umumiy o’rta ta’lim maktabida ekologik tafakkur va yashil dunyoqarashni targ‘ib etishga qaratilgan mazmunli bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Unda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
“Ekologiya qonunlarini bilasizmi?” mavzusidagi ko‘rik-tanlov davomida o‘quvchilar nafaqat o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar, balki tabiatga daxldorlik, mas’uliyat va ekologik madaniyat borasidagi qarashlari bilan ham barchada iliq taassurot qoldirdilar. Qiziqarli savol-javoblar, amaliy topshiriqlar, ekologik targ‘ibot chiqishlari va ijodiy yondashuvlarga boy jarayon tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan ilgari surilgan “Yashil sayyora — yorug‘ kelajak kafolati!” g‘oyasi bugungi ekologik tarbiya ertangi hayot sifati uchun naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Bugun tabiatni asrashni o‘rgangan avlod — ertaga musaffo osmon, toza havo va sog‘lom jamiyat bunyodkoriga aylanadi.