Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’limi hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Jizzax filiali pedagoglari uchun «Sun’iy intellektning dars jarayonlaridagi o’rni» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Tadbirda sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, darslarni interaktiv tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar amaliy tavsiya va yangi g’oyalar bilan boyidilar.