Sharof Rashidov tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ta’limda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish: darslarni qiziqarli va samarali tashkil etish uchun interaktiv metodlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang’ich ta’lim metodistlari ishtirok etib, o‘qituvchilarga sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy vositalar, interaktiv metodlar va samarali dars tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.
Seminar davomida ilg‘or tajribalar almashildi, dars jarayonini yanada jonlantirish va o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan usullar namoyish etildi. Tadbir o‘qituvchilar uchun yangi g‘oya va ilhom manbai bo‘ldi.