Ta’lim sifati birgina ko‘rsatkich bilan emas, har kuni qilinayotgan izlanish, e’tibor va mehnat bilan belgilanadi.
Zafarobod tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifati va o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish olib borildi.
Jarayon davomida darslarning tashkil etilishi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va davomat holati, pedagoglarning metodik faoliyati hamda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Muhimi, bu jarayonda faqat muammolar qayd etilmadi. Ularning yechimi ustida ham birgalikda fikr yuritildi.
O‘quvchilardagi bilim bo‘shliqlarini bartaraf etish, har bir bola bilan manzilli ishlash va fanlarga qiziqishni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Chunki sifatli ta’lim — bir kunlik vazifa emas. U maktab, o‘qituvchi, ota-ona va mutaxassislarning hamjihat sa’y-harakati bilan shakllanadi.