SAYYOR QABUL: MUROJAAT — E’TIBORDA, MUAMMO — NAZORATDA

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Markaz direktori I.Axmedov, rahbariyat vakillari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida ta’lim sohasiga oid murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi.

Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga qonuniy va amaliy yechim topish, ilgari surilgan takliflarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabul davomida malaka oshirish kursi tinglovchilarining murojaatlari qabul qilinib, jumladan, dars mashg‘ulotlari vaqtini qisqartirish hamda tarbiyachilar uchun qisqa muddatli AKT savodxonligi kurslarini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Murojaat — bu xalq dardi.
Shu bois har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning mehnati va kelajakka bo‘lgan umidi turganini chuqur anglagan holda, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ijrosini qat’iy nazoratga olish va qonunchilik doirasida tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Sayyor qabulda bildirilgan taklif va murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi — murojaatni tinglaydigan, muammoni o‘rganadigan va yechim sari amaliy qadam tashlaydigan ochiq muloqot maydoni.