Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan “Zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini rasman boshladi.
Mazkur nufuzli anjuman ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng tatbiq qilish hamda ilmiy izlanishlar natijalarini muhokama etish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajarmoqda. Unda respublikaning turli hududlaridan yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etmoqda.
Konferensiya jarayonida pedagogika sohasidagi dolzarb muammolar yuzasidan keng qamrovli fikr almashinuvi olib borilib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ham ushbu ilmiy jarayonda munosib ishtirok etib, o‘z ilmiy-amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar, amaliy muhokamalar hamda interaktiv sessiyalar tashkil etilib, ishtirokchilarga o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etish va professional muloqotni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.