“Yangi O‘zbekiston: mahalla – an’analar – insoniy qadriyatlar” mavzusidagi viloyat tanlovida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti Gulnoz Umirqulovaning ijodiy ishlari alohida e’tirof etildi.

Musavviraning milliy qadriyatlar, mahalla muhiti va insoniy fazilatlarni ranglar orqali mahorat bilan ifoda etgani tadbir ishtirokchilari va hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

Ijod va mahorat uyg‘unlashgan ushbu muvaffaqiyat bilan Gulnoz Umirqulovani samimiy muborakbod etamiz!