Rahbariyat
Axmedov Ijod Narziqul o‘g‘li
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori
Falsafa fanlari doktori, Dotsent, Jizzax viloyati “Direktorlar kengashi” a’zosi
Axmedov Ijod Narziqul o’g’li viloyatda ilmiy-pedagogik faoliyat rivojiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Uning rahbarligida ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hozirga qadar u tomonidan falsafa va pedagogika sohasiga oid bir qator ilmiy maqolalar hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan bo’lib, ular amaliyotchi o’qituvchilar uchun muhim manba vazifasini o’tamoqda.
Falsafa fanlari doktori, dotsent va Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori sifatida Axmedov Ijod Narziqul o’g’li ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etadi hamda Jizzax viloyati “Direktorlar kengashi” a’zosi hisoblanadi.
Raxmatullayev Axadulla Yusupjon o‘g‘li
Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD
Raxmatullayev Axadulla Yusupjon o‘g‘li O‘zbekiston ta’lim tizimida tajribali pedagog va boshqaruv mutaxassisidir. U yillar davomida o‘qituvchi, metodist va rahbar lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
Hozirda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida ishlaydi. U pedagoglarning malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or metodikalar, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish yo‘lida faol ish olib bormoqda.
Ruziyev Anvar Jumanazarovich
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Dotsent, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD
Ruziyev Anvar Jumanazarovich — O‘zbekiston ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan tajribali pedagog va ilmiy tadqiqotchi. U o‘z faoliyatini ilmiy-pedagogik yo‘nalishda olib borib, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘qitish metodlari hamda ilmiy izlanishlarni amaliyotga joriy etish borasida samarali ishlar olib bormoqda.
Hozirda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. U pedagoglarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilmiy faoliyatni rivojlantirish yo‘lida faol mehnat qilmoqda.