Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari!
Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz?
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari tanlovi boshlanadi!
2026-yil 3-iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli (1-bosqich saralash) start oladi!
Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati!
Pedagog xodimlar tanlovi 4 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Saralash bosqichi
2. Test bosqichi
3. Suhbat bosqichi
4. Dars o’tish bosqichi
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!
Agar siz:
O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz
Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz
O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Hujjat topshirish:
vacancy.piima.uz platformasi orqali
2026-yil 3-iyuldan boshlab
Orzularingiz sari dadil qadam tashlang — ta’limdagi yangi muvaffaqiyatlar sizni kutmoqda!