Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etiladigan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlov kurslariga hujjat topshirish jarayoni ushbu videoqo‘llanmada batafsil yoritilgan. Unda nomzodlar uchun retrain.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish, ariza yuborish va kerakli hujjatlarni yuklash bosqichlari izchil ko‘rsatib beriladi.