Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Psixologiya, pedagogika va ta’lim texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari hamda amaliyotchi psixologlar ishtirokida Qatag‘on qurbonlari muzeyi va Xotira xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida millat ozodligi, xalq tafakkuri va ma’rifati yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi yod etildi. Muzeydagi tarixiy hujjatlar, suratlar va og‘riqli taqdirlar aks etgan eksponatlar ishtirokchilarda chuqur ruhiy taassurot uyg‘otdi. Har bir lavha — sukutga aylangan tarix, har bir eksponat esa unutilmas saboq sifatida qalblarga muhrlandi.

Xotira xiyobonidagi ma’naviy muhit esa insonni o‘tmish bilan yuzlashtirib, bugungi tinchlik va erkinlikning qadrini yanada teran his etishga undadi.

Tarixni unutmagan millatning kelajagi hamisha bardavom bo‘ladi.