Har bir millatning ruhi uning tilida, borlig‘ining abadiyati esa uning so‘zida yashaydi. Sizlarni milliy o‘zligimizning ko‘zgusi, qalbimiz va tafakkurimiz nuri bo‘lgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Til — shunchaki muloqot quroli emas, u avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik, tafakkur olamining cheksiz ummonidir. Ona tilimizga ehtirom — Vatanga, o‘tmish va kelajakka bo‘lgan cheksiz muhabbatning ifodasidir.

Sizdek fidoyi ustozlar yosh avlod qalbiga so‘z qudrati, ilm ziyosi va ona tilimizga sadoqat tuyg‘ularini singdirib kelayotganingiz beqiyos baxtdir. Zahmatli va sharafli yo‘lingiz doimo nurlarga to‘lsin!

Ma’naviyatimiz va qadriyatimiz bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va jamoasi