Inson ruhiyatini anglash — bilim, uni tushunish va to‘g‘ri yondashish esa yuksak kasbiy mahorat talab etadi.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jasur Majidov ishtirokida mahorat darsi — master-klass tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida psixologiya sohasidagi nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy faoliyatda samarali yondashuvlardan foydalanish hamda psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jonli muloqot, fikr almashish va amaliy tavsiyalar master-klassning asosiy mazmunini tashkil etdi. Tinglovchilar uchun bu mashg‘ulot nafaqat bilimlarini boyitish, balki o‘z kasbiy faoliyatiga yangicha nigoh bilan qarash imkoniyati ham bo‘ldi.
Muhimi, bu yerda bilim shunchaki yetkazilmadi — tajriba bilan boyitildi, fikrlar muhokama qilindi, yangi yondashuvlarga yo‘l ochildi.
