
Oʻzbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqotidagi ishtiroki, oʻquvchilar natijalari, bilim darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar tahlili, shuningdek, dalillarga asoslangan ustuvor yoʻnalishlar muhokamasiga bagʻishlangan Taʼlim forumi bo’lib o’tmoqda.
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi.
Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir.
Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda.
PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.