Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi, A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida PIRLS tadqiqoti doirasida “O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan trening qizg‘in davom etmoqda.

Bugun ishtirokchilar trening jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida test sinovlarida ishtirok etib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirmoqda.

Faollik, tahliliy fikrlash va zamonaviy baholash yondashuvlari — bugungi mashg‘ulotlarning asosiy mezoniga aylandi.

PIRLS — sifatli ta’lim sari yana bir muhim qadam!