
Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi tadbirlari o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchi ishchi guruhlari uchun trening boshlandi.
Ochilish tadbirida Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etdi va 2025–2026-o‘quv yilida erishilgan natijalar hamda yangi o‘quv yilidagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Treninglar davomida:
2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va Kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarining natijalarini tahlil qilish hamda takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash;
Ishchi guruh a‘zolarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan reflektiv amaliyot, sinf tadqiqoti va inklyuziv ta‘lim tamoyillari bilan tanishtirish;
Samarali kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlarini loyihalash hamda o‘qituvchilarning o‘rganish natijalarini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlarining mazmunini KRK va KRS dasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Fan yo‘nalishlari bo‘yicha 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan KRK va KRS o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ekspertlik muhokamasi orqali takomillashtirish va yakuniy variantlarini tayyorlash kabi yo’nalishlarda so’z boradi.
Jarayonlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 17-iyulga qadar davom etadi.