Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi oyligi tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Jizzax shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Dilshod Muxammadiyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi yangiliklar, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, rahbar imidji, pedagoglarning mas’uliyati hamda sohani rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.